Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri tomonidan o'rganish o'tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan “G‘ani ota” fermer xo‘jaligida paxta terimi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida fermer xo‘jaligining yer maydoni, paxta ekilgan maydon, yetishtirilgan hosil va paxta terimi bo‘yicha belgilangan rejaning bajarilish holati tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fermer xo‘jaligining jami yer maydoni 150 gektarni, shundan paxta ekilgan maydon 10,8 gektarni tashkil etadi. Paxta yetishtirish bo‘yicha belgilangan 57,6 tonna reja o‘rniga 70,8 tonna hosil yig‘ib olinib, reja 123 foizga bajarilgan. Natijada belgilangan ko‘rsatkichdan 13,2 tonna ortiq hosil yetishtirilib, reja ortig‘i bilan bajarilgan.

🔹 Shuningdek, o‘rganish jarayonida paxta terimini tashkil etish, hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish, mavjud mehnat resurslari hamda texnik imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

🌱 Ta’kidlanganidek, paxta terimi mavsumini samarali tashkil etish, yetishtirilgan hosilni nobud qilmasdan yig‘ib olish va qishloq xo‘jaligida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish muhim ahamiyatga ega. Erishilgan natijalarni saqlab qolish, hosilni to‘liq yig‘ib olish hamda terim jarayonida mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligi qayd etildi.

🔴 O‘rganish yakunida paxta terimi bilan bog‘liq ishlarni belgilangan agrotexnik talablar asosida tashkil etish, hosilni sifatli yig‘ib olish va mavsumni samarali yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3