DEPUTAT FUQAROLAR MUROJAATLARINI QABUL QILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kazakov tomonidan Galatut mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari qabul qilindi.
✅ Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, murojaatlarni belgilangan tartibda o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
👍 Deputat aholi bilan doimiy muloqot olib borish, fuqarolar murojaatlarini nazoratga olish va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligini ta’kidladi.
🤩 Maqsad — aholi muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va murojaatlar ijrosini ta’minlash.