Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi E. O‘rmonov o‘ziga biriktirilgan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Pop tuman bo‘limining joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida bank tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda kredit mablag‘lari ajratish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.
Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.