Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
“Chegara” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini ta’minlash hamda fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganib, ularning yechimini ta’minlash mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov okrugi hududidagi “Chegara” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

Nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etilib, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalar bilan ishlash holati tahlil qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojlarini aniqlash, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, fuqarolarning muammolarini o‘rganish hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan individual ishlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, zarur yordam va xizmatlarni belgilash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashda manzillilik va individual yondashuvni kuchaytirish, fuqarolarning muammolarini faqat aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mahallada ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasidagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.