Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Uchtepa mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi

🏘 Uchtepa mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Tuychiyeva Dilshoda Daminovna tomonidan Uchtepa mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi.
📌 Faoliyat doirasida viloyat Kengashidan mas’ul deputat — A. Surmanov, biriktirilgan mas’ul tashkilot — tuman elektr tarmoqlari korxonasi etib belgilangan.
👥 Mahalla yettiligi:
🔹 Shodiyev Shavkat — mahalla raisi;
🔹 A. Komilov — hokim yordamchisi;
🔹 Sh. Dilmonov — yoshlar yetakchisi;
🔹 N. Mavlonova — xotin-qizlar faoli;
🔹 Profilaktika inspektori — vakant;
🔹 Yo. Nizamov — ijtimoiy xodim;
🔹 U. Mahmadiyorov — soliq inspektori.
📊 Ijtimoiy reestrda 52 ta oila mavjud. Shundan 18 tasi davlat ta’minotida, 8 tasi kambag‘al, 26 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar hisoblanadi.
🏗 Mahallada ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 2 ta loyiha, jami 50 mln so‘mlik ishlar belgilangan.
🤝 Ijtimoiy xizmatlar va bandlik
Faoliyat rejasiga muvofiq:
🔹 8 nafar oila a’zosiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 12 nafar a’zoni ta’lim xizmatlari, jumladan, fan to‘garaklari va maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish;
🔹 15 nafar a’zoga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 17 nafar fuqaroni daromadli mehnat bilan ta’minlash;
🔹 ijtimoiy reestrdagi 15 ta oilaning yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish;
🔹 mahalladagi 27 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish orqali barqaror daromad manbaini ta’minlash;
🔹 10 ta mikroloyihani tashkil etish orqali kamida 20 ta ish o‘rni yaratish;
🔹 uzoq muddat mehnat migratsiyasida bo‘lgan 35 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan manzilli ishlash, kam daromadli fuqarolarni qaytarish va ularning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish belgilangan.
🏗 Infratuzilmani yaxshilash
Uchtepa mahallasi infratuzilmasini yaxshilash hamda mahallalarni bog‘lovchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash doirasida:
🔸 1 dona transformator punktini mukammal ta’mirlash;
🔸 1,8 km uzunlikdagi yo‘lni mukammal asfaltlab ta’mirlash;
🔸 ichki ko‘chalarda tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
🔸 ariqlarni tozalash ishlari rejalashtirilgan.
📅 Mazkur ishlarni amalga oshirish muddati 1-noyabrgacha etib belgilangan bo‘lib, ijrosi har ikki haftada monitoring qilib boriladi.
🎯 Faoliyat rejasining asosiy maqsadi — Uchtepa mahallasida bandlikni ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarni manzilli yetkazish, ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etishdan iborat.

Slide 1 of 1