Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
O‘rta Chirchiq tumanining 100 yilligiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

O‘rta Chirchiq tumanining 100 yilligiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi R.Djumanova hamda deputat N.Xaitqulov ishtirokida tuman faollari, faxriylar va mahalla raislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘rta Chirchiq tumanining 100 yilligini munosib nishonlash masalalari muhokama qilindi. Yubiley munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar, ularni mazmunli va yuqori saviyada tashkil etish, tumanning tarixi, buguni va rivojlanish yo‘lini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Mahalla raislari hamda faxriylarning takliflari tinglanib, yubiley doirasida amalga oshiriladigan ishlarni hamjihatlikda tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, O‘rta Chirchiq tumanining 100 yilligini munosib kutib olish va nishonlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilab olindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 5