Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
TIBBIYOT MARKAZIDAGI QURILISH ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #ekspert_guruhlari

TIBBIYOT MARKAZIDAGI QURILISH ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI

🏢 Uchtepa tumanidagi “Ko‘kcha Oqtepa” mahallasi hududida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazida barpo etilayotgan yangi zamonaviy tibbiyot majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

💼 O‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert guruhi a'zosi Alisher Giyasov ishtirok etdi.

🗂 Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va ‘yashil iqtisodiyot’ yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

↗️ Loyiha doirasida markaz hududida 5 qavatli zamonaviy bino barpo etilmoqda. Yangi majmuada 130 dan ortiq o‘rinli davolash bo‘limlari, gemodializ markazi, operatsion blok, qabul bo‘limi hamda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida 4,2 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ jalb etilgani ma’lum qilingan.

🕯 O‘rganish davomida binoning 3-qavatida elektr-montaj ishlari olib borilayotgani, shuningdek, binoning tashqi qismi bazalt qoplamasi bilan qoplanayotgani ko‘zdan kechirildi. Qurilish-montaj ishlarining borishi va bajarilayotgan ishlarning loyiha talablariga muvofiqligi nazoratdan o‘tkazildi.

📇 Shuningdek, pudratchi tashkilot — “Shohruh Qurilish” MChJ mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, obyektdagi ishlarning amaldagi holati yuzasidan ma’lumotlar olindi. Tashkilot vakillari ayni vaqtda mazkur obyektda 130 nafardan ziyod ishchi-xodim faoliyat olib borayotganini ma’lum qildi.

📝 O‘rganish yakunida qurilish ishlarini belgilangan loyiha talablari asosida sifatli tashkil etish, ishlarning borishini muntazam nazorat qilish hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7