Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Yovqochar mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Marg‘ilon shahrida mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 10-Bobur saylov okrugi deputati E.Tursunqulov tomonidan Yovqochar mahallasida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–371-son Qonuni ijrosi, mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, hududda huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish, fuqarolar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, profilaktik nazoratga olingan shaxslar hamda muammoli oilalar bilan individual ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni faqat huquqbuzarlik sodir etilgandan keyin emas, balki uning oldini olish nuqtayi nazaridan o‘rganish, xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash va profilaktik tadbirlarning natijadorligini oshirish zarurligi qayd etildi.

Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid qonun hujjatlari talablarining ijrosini kuchaytirish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Bunday o‘rganishlar mahallalarda huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash, aholi bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda hududda osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3