Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Umumta’lim maktabi filialining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqovga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Ugam” mahallasida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabi filialining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida maktab hududidagi qozonxonalar zamonaviy turdagi isitish uskunalari bilan jihozlangani ko‘zdan kechirildi. Qozonxonalarning mavsumga tayyorligi, ulardan samarali va xavfsiz foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishda yonilg‘i mahsulotlari zaxirasining oldindan shakllantirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, o‘rganish davomida maktabda zarur yonilg‘i mahsulotlari zaxirasi mavjudligi ham ko‘zdan kechirildi.

🔵Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimining uzluksiz ishlashi, qozonxonalardan samarali foydalanish va mavjud yonilg‘i zaxirasini asrab-avaylash masalalariga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, mavsum davomida isitish tizimlarining texnik holatini muntazam nazorat qilib borish, aniqlangan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini saqlab qolish muhimligi ta’kidlandi.

🔵O‘rganish natijasiga ko‘ra, umumta’lim maktabi filialida kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun zarur sharoitlar namunali ko‘rinishda yaratilgani, isitish tizimi soz holatda ekani, zamonaviy qozonxonalar mavjudligi hamda yonilg‘i mahsulotlari zaxirasi shakllantirilgani qayd etildi.

Slide 1 of 10