Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari nazoratda
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlariga biriktirilgan tashkilotlarda qonun hujjatlari va davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, hududda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Kengashning 18-“Mehrobod” saylov okrugi deputati B.Xollozovga biriktirilgan Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etdi.
Nazorat-tahlil davomida biriktirilgan tashkilotda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy holati atroflicha o‘rganildi.

Jumladan:

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida belgilangan vazifalarning ijro etilishi;

ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi ishlarning natijadorligi;

kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi va shaffofligi;

yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi;

kambag‘al oilalarni barqaror daromad manbaiga chiqarish va ularning iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida tashkilot faoliyatidagi mavjud ijobiy natijalar bilan bir qatorda, hal etilishi lozim bo‘lgan ayrim muammolar va tizimli masalalar ham muhokama qilindi.

Ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirishda manzilli va individual yondashuvni kuchaytirish, ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha tashkilot mas’ullariga:

aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish;

ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish;
kambag‘al oilalar bilan individual ishlashni yanada kuchaytirish;

ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali yo‘naltirilishini ta’minlash;
yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash;

Senat Kengashi qarorida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalarni bartaraf etish va kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish lozimligi qayd etildi.

Biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va deputatlik nazoratini amalga oshirish — davlat dasturlari, qonun hujjatlari hamda Senat qarorlarida belgilangan vazifalarning joylarda samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.