#Deputat_mahallada
Tuman Kengashi deputati G. Tursunova tomonidan “Nayman” mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ijtimoiy profilaktika va moslashtirish ishlarida hamkorlik qilish, tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish borasidagi ishlar o‘rganildi.
📗O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda turli ijtimoiy muammolarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📘Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, bunday holatlarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida mahalla faoli, mutasaddi tashkilotlar va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📙Tahlil yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.