Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — SOG‘LOM HAYOT TARZINI TARG‘IB ETUVCHI OMMAVIY TADBIR

“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — SOG‘LOM HAYOT TARZINI TARG‘IB ETUVCHI OMMAVIY TADBIR


Namangan shahrida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, giyohvandlik va turli zararli illatlarning oldini olish, aholining sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbiri o‘tkazildi.


 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbir “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostidagi sog‘lomlashtirish yurish marafoni, shuningdek, fleshmob va badantarbiya mashg‘ulotlarini qamrab oldi.

Tadbirda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholi va yoshlar faol ishtirok etdi. Shahar hududidagi yoshlar, xotin-qizlar hamda aholining turli qatlamlaridan 2 400 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari — Zafar Sapaev, Shoira To‘rabaeva, A. Raxmatulloev va A. Nasriddinovlar ham faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda giyohvandlikka qarshi kurashish borasidagi ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan marafon davomida ishtirokchilar sog‘lom hayot tarzi, jismoniy faollik va sportning inson salomatligidagi ahamiyatini namoyon etdilar. Ayniqsa, turli yosh vakillarining bir maydonda birlashib, “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” degan ezgu g‘oya atrofida jam bo‘lishi tadbirning asosiy maqsadini yanada yorqin ifoda etdi.

Bugun sog‘lom avlod — ertangi farovon jamiyatning mustahkam poydevoridir. Shu bois yoshlarni sportga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom va faol hayot tarzini qaror toptirish hamda giyohvandlik kabi zararli illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7