Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#PF_193_son_Farmon_ijrosi
#162_ta_qonun
📌 BOG‘IBOD MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat O. Tursunov o‘ziga biriktirilgan “Bog‘ibod” mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Suhbat davomida Farmonda belgilangan vazifalar, ularning mazmun-mohiyati hamda mahalla aholisi uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

💬 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish hamda tegishli tartibda hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

📍 Uchrashuv davomida hududdagi mavjud masalalarni o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish va deputatlik nazorati doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2