Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
🔰Jamoat transporti tizimi o‘rganildi.

📌11-"Tinchlik" saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati V. Isakov tashabbusi bilan shahardagi jamoat transporti faoliyatiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu tadbir bevosita saylovchilardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va hududdagi real holatni tahlil qilish maqsadida tashkil etildi.
🔸Uchrashuv davomida yo‘lovchilarga yaratilgan sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Avtobuslarning belgilangan yo‘nalishlarda muntazam qatnovi; avtobus bekatlarining sanitariya va texnik holati; yo‘lovchilar uchun chiptalarni xarid qilish qulayligi; aholiga yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

🔸Aniqlangan kamchilik va takliflar yuzasidan tegishli mas'ul tashkilotlarga tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.

Slide 1 of 4