Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi

Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar tomonidan Uyg‘ur MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining elektr energiyasi bilan ta’minlanishi, elektr tarmoqlarining holati va ta’minotdagi uzilishlar bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Xonadonlarni issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, suv bosimi va uzluksizligi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2