Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#Doimiy_komissiya
#Ish_rejasiga_asosan

DOIMIY KOMISSIYA A’ZOSI TA’LIM MUASSASASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANDILAR

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida doimiy komissiya a'zosi U.Jumayev tumandagi 32-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.

Tadbir davomida maktabning isitish tizimi, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zaxiralari, binoning issiqlik saqlash imkoniyatlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining shayligi atroflicha o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1