Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Tuproqqal‘a tuman Kengashi deputati Zafarbek Davlatov o‘zi saylangan mahalla aholisi bilan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-681-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi.
Davra suhbatida mazkur Qonunning aholi hayotidagi ahamiyati, tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanish hamda qonunda belgilangan huquq va imkoniyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Deputat tomonidan bugungi globallashuv davrida qonunlarning xalq manfaatlariga qanchalik yaqinligi, ularni hayotga samarali tatbiq etish imkoniyatlarining kengligi qonunlarning amaliy ahamiyatini belgilovchi muhim omil ekani ta‘kidlandi.
Shuningdek, “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi tuman Kengashi doimiy komissiyasi yig‘ilishida ham muhokama qilinishi ma‘lum qilindi.