Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
.Namanganda 1-sonli kasb-hunar maktabida dual ta’lim tizimi samarasi o‘rganildi

Namanganda 1-sonli kasb-hunar maktabida dual ta’lim tizimi samarasi o‘rganildi

Namangan shahar “Ozod” mahallasida joylashgan 1-sonli kasb-hunar maktabida dual ta’lim bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda texnikum faoliyati bilan Namangan shahar hokimi, shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamolov yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda ta’lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, yoshlarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan dual ta’lim tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Dual ta’lim — bu nazariy bilim va amaliy tajribani bir vaqtning o‘zida olish imkonini beruvchi tizimdir. Ya’ni o‘quvchi ta’lim muassasasida o‘qish bilan birga korxonada ishlab, o‘z kasbi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni ham egallaydi.

Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda dual ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayrim kollej va texnikumlarda talabalar haftaning muayyan kunlarida o‘qish bilan birga korxonalarda amaliyot o‘tash orqali o‘z kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.

Hozirgi kunda texnikumda 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 1608 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Dual ta’lim yo‘nalishlari esa 7 ta bo‘lib, unda 749 nafar o‘quvchi tahsil olib, kasb-hunar egallamoqda.

Joriy yilda 350 nafar bitiruvchi yoshlar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib chiqadi. Ushbu yoshlar bilan suhbatlashgan shahar hokimi ularning bandligini ta’minlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilishi yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, shahar Kengashi deputatlari tomonidan ham dual ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalalari doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 8