Navbatdagi uchrashuvda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov turli toifadagi yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.
Suhbat davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligi, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi