Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#8_band

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bektepa" mahallasida yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari o‘rganildi

✅Bandixon tumanida aholi uchun xavfsiz va qulay transport infratuzilmasini yaratish, ko‘chalarni yoritish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida tizimli deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi,deputat E.N.Jurayev hamda deputatlar O.Ishpo‘latov va S.Shaydilovlar "Bektepa" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, deputatlik faoliyatining "Eng muhim 24 ta yo‘nalishi" doirasida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

✅Tashrif davomida mahallaning ichki ko‘chalari holati, tungi yoritish tizimlarining samaradorligi, piyodalar harakati xavfsizligi hamda yo‘l belgilarining mavjudligi tahlil qilindi.

✅O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shu jumladan yo‘llarni ta’mirlash, qo‘shimcha tungi yoritgichlar o‘rnatish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masalalar ijrosi Kengash nazoratida qoladi.

Slide 1 of 1