Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Terak tagi mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi

20-Terak tagi saylov okrugidagi “Terak tagi” mahallasida barqaror ish oʻrinlarini yaratish, bandlikni taʼminlash orqali aholining doimiy daromad manbaini yaratish hamda kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha mahalliy Kengashlar tomonidan deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan mahalla fuqarolar yigʻinida mahalla yettiligi, nuroniylar va otinoyilardan iborat ishchi guruh tuzilib, xonadonlardagi mavjud holat va muammolar manzilli o‘rganildi.

Mahalladagi ijtimoiy reyestrda jami 100 ta oila mavjud bo‘lib, shundan 25 tasi davlat ta’minotidagi, 70 tasi kambag‘al va 5 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi.

O‘rganishlar davomida oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, 10 ta davlat ta’minotidagi oilaga ssuda va subsidiya, 20 ta kambag‘al oilaga imtiyozli kredit ajratish choralari ko‘rilgan.

Shuningdek, kambag‘al oilalar farzandlaridan 25 nafarining kontrakt va o‘quv kurslari xarajatlari “Yoshlar daftari” orqali qoplab berilgan. Bir davlat ta’minotidagi oilaning uy-joyini ta’mirlash uchun “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan yordam ko‘rsatilgan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida nogironligi bo‘lgan 5 nafar fuqaroning davolanishi va jarrohlik amaliyoti uchun mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, 12 ta ijtimoiy reyestrdagi oilaga har oy homiylik mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, 50 ta davlat ta’minotidagi va kambag‘al oilaga kiyim-kechak hamda oziq-ovqat mahsulotlari xaridi uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan vaucherlar ajratilgan. 70 ta kambag‘al oilaning kommunal to‘lovlari ham ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab berilgan.

Oilalarning salomatligi ham e’tibordan chetda qolmay, 100 ta oilaning a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tashkil etilgan.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy yordam bilan bir qatorda, mehnatga layoqatli fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligini ta’minlash hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 4