Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Orolbo‘yi mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi E.Rustamov tomonidan 25-Orolbo‘yi saylov okrugidaga “Orolbo‘yi” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mahallabay hamda xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari va ularni hal etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, vaqtincha ishsiz fuqarolarni doimiy va barqaror daromad manbai bilan ta’minlash, ularning bandligini yo‘lga qo‘yish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xonadonbay o‘rganish jarayonida har bir oila va fuqaroning imkoniyati, qiziqishi hamda ehtiyojidan kelib chiqib, ularni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik va tomorqachilik faoliyatini rivojlantirish orqali daromadlarini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5