Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli Z.Jumaboyevaning faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamovlar ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli Z.Jumaboyeva tomonidan qonun ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy muammolarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, hisobot davrida:

2 nafar xotin-qizga imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan;

12 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgan;

️78 nafar xotin-qizga Qo‘qon shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatilgan;

14 nafar ehtiyojmand xotin-qizning bandligi ta’minlangan;

2 nafar xotin-qizga vaucher asosida ijara to‘lovi to‘lab berilgan;

24 ta ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida xotin-qizlarning qonunchilikda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, huquqiy himoya mexanizmlari hamda ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3