Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Abdullayev G‘ayratjon G‘ulomjonovich tomonidan Bag‘dod tumani Madaniyat bo‘limi boshlig‘i A.Xatamovgaga 75-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

📊 Deputat so‘rovida Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, “Qo‘shtegirmon-1” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borilgani qayd etildi.

✅ O‘rganish davomida “Qo‘shtegirmon-1” mahalla fuqarolar yig‘ini Chorbog‘ ko‘chasida joylashgan, 1877-yilda qurilgan “Abduraxmon ofobachi” nomli masjid bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.

✅ Mazkur masjid 1981-yilda Madaniy meros agentligi balansiga o‘tkazilganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa-da, hozirgi kunda ushbu tarixiy obyekt Madaniy meros agentligi balansida emasligi ma’lum bo‘ldi.

✅ Mazkur tarixiy obyektning tegishli tartibda muhofaza qilinishi, saqlanishi hamda undan foydalanish masalalarini tartibga solish maqsadida uni Madaniy meros agentligi balansiga o‘tkazish zarurati mavjudligi bildirildi.

✅ Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, deputat so‘rovida “Qo‘shtegirmon-1” mahalla fuqarolar yig‘ini Chorbog‘ ko‘chasida joylashgan, 1877-yilda qurilgan “Abduraxmon ofobachi” nomli masjidni Madaniy meros agentligi balansiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Slide 1 of 1