Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#oylik_ish_reja_ijrosi
📌 Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 23-Kattabog‘ saylov okrugidan saylangan deputati S.Abdulaxatovning saylov okrugiga qarashli “Kattabog‘” mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli G.Bo‘ronovaning faoliyati o‘rganib chiqildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔹 Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy muhitni mustahkamlash borasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunida mavjud masalalarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2