Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
“Xonadonbay” o‘rganishlar o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat – tuman hokimi J.Axmedov tumanning “Uyenkulsay”, “Achchisoy”, “Baymurzayev” mahallalarida “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalarning yashash sharoitlari va muammolarini “xonadonbay” o‘rgandi.

🔺Muloqotlar davomida mehnat qilish istagidagi fuqarolarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish hamda oilalar daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, tegishli tavsiyalar berildi.

🔺Shuningdek, o‘rganish davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilgan, ayni paytda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan obyektlarning holati bilan yaqindan tanishildi. Aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5