Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI INFOKIOSK YORDAMIDA AHOLIGA YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 12-“O‘choq” saylov okrugidan saylangan deputat Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi tomonidan deputatlik vakolati doirasida jamoatchilik nazorati amalga oshirilib, “Bo‘ston” MFY binosida o‘rnatilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi infokiosk orqali aholiga yaratilgan imkoniyatlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida chekka hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun bunday raqamli xizmatlarning ahamiyati katta ekani qayd etildi. Xususan, fuqarolar mahalladan uzoqqa bormagan holda, infokioskdan foydalanib, 20 turdan ortiq davlat xizmatlari bo‘yicha zarur ma’lumotnomalarni olish imkoniyatiga ega.
. Jumladan, infokiosk orqali:
·         narkologiya dispanserida hisobda turishi yoki turmasligi;
·         ruhiy kasalliklar dispanserida hisobda turishi yoki turmasligi;
·         sudlangan yoki sudlanmaganlik;
·         yashash joyidan ma’lumotnoma olish kabi xizmatlardan foydalanish mumkin.
📌 Bunday imkoniyatlar, ayniqsa, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun tuman markaziga borishi zarur bo‘lgan chekka hudud aholisi uchun vaqt va mablag‘ni tejash, xizmatlardan tezkor va qulay foydalanish imkonini bermoqda.
📌 Shu bilan birga, aholining raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini yanada oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, yoshlar orasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishni keng targ‘ib qilish, elektron xizmatlarning afzalliklarini tushuntirish va fuqarolarning zamonaviy raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
📌 Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholiga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini sodda va tushunarli shaklda yetkazish, ehtiyojmand hamda raqamli xizmatlardan foydalanishda qiynalayotgan fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
🔥 Deputatlik nazorati davomida asosiy e’tibor — aholiga davlat xizmatlarini qulay, tezkor va zamonaviy shaklda yetkazish, ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi fuqarolarning raqamli imkoniyatlardan foydalanish darajasini oshirishga qaratildi.
🌐 Zamonaviy texnologiyalarning mahalla hayotiga keng joriy etilishi fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ortiqcha vaqt va ovoragarchiliklarning oldini olish hamda aholiga yanada qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Aholiga qulaylik — zamonaviy davlat xizmatlarining asosiy mezonidir!

Slide 1 of 4