Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
Ijtimoiy xodim tomonidan aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Bimurzayev tomonidan tumanning “Qoramanas” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi N.Zakirbayevaning ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, yordamga ehtiyojmand va turli sabablarga ko‘ra qo‘llab-quvvatlashga muhtoj fuqarolarning holati, ular bilan ishlash tizimi hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligiga e’tibor qaratildi. Ijtimoiy xodim bilan suhbat davomida mahalladagi ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash, ularning muammolarini xonadonbay o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔻Jumladan, fuqarolarning ijtimoiy-maishiy sharoiti, salomatligi, moddiy ehtiyojlari, parvarish va ko‘makka bo‘lgan zarurati o‘rganilib, ularga mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tegishli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

🔻O‘rganish davomida ijtimoiy xodimning fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, ularning muammolarini faqat murojaat asosida emas, balki xonadonbay o‘rganish orqali aniqlash va har bir holat bo‘yicha individual yondashuv asosida ish olib borishi zarurligi qayd etildi. Aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish va ularning ijrosini nazorat qilish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning natijadorligini muntazam tahlil qilib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1