Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
#haftalik_ish_reja #Kengash_faoliyati 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 21–25-sentabr)

💬Dushanba (21-sentabr)
🟢 Haftalik ish rejasini tahlil qilish hamda hafta davomida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni belgilash (A.Ashurov), Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida qabul qilingan qarorlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, imzolash va ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish (A.Ashurov, R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (A.Temirov).

💬 Seshanba (22-sentabr)
🟢 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining sessiyasida qabul qilingan qarorlarni tegishli davlat organlari, tashkilot va muassasalarga belgilangan tartibda yetkazish, ularning ijrosini tashkil etish hamda nazoratga olish (A.Ashurov, R.Mamashukurov), qabul qilingan qarorlar ijrosi yuzasidan mas'ul ijrochilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (A.Temirov).

💬 Chorshanba (23-sentabr)
🟢 Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar, xususan mahallalarda yangi muhit yaratish hamda "Mahalla yettiligi" faoliyatini yangicha tashkil etish yuzasidan deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish (A.Ashurov), chiqarilgan qarorlarda ijrochilarga belgilangan topshiriqlarni tahlil qilish va o‘tgan hafta davomida qabul qilingan qarorlar ijrosini monitoring qilish (R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (A.Temirov).

💬 Payshanba (24-sentabr)
🟢 Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, Prezident va Hukumat qarorlari hamda "yo‘l xaritalari" ijrosini ta’minlash maqsadida nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish (A.Ashurov), navbatdagi sessiyada qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish va ijrochilarga yuborishga tayyorlash, deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (R.Mamashukurov, A.Temirov).

💬 Juma (25-sentabr)
🟢 Haftalik amalga oshirilgan ishlar sarhisobi (A.Ashurov), Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni atroflicha tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari hamda takliflar tayyorlash (R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash (barcha bosh mutaxassislar), deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (A.Temirov).

🫥 Hafta davomida:

🟢Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganishlar olib borish;
🟢Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
Sessiya qarorlari va deputatlik so‘rovlari ijrosi monitoringini amalga oshirish;
🟢Oliy Majlis Senati, Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Kengash raisining topshiriq va ko‘rsatmalariga muvofiq ish rejasiga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

📌 Eslatma: Mazkur vazifalar ijrosi Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari R.Mamashukurov va A.Temirov tomonidan muvofiqlashtirilib, doimiy nazoratga olinadi.