Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi Sh.Akbarova tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, xususan, Qo‘shko‘prik mfyida yangi tashkil etilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabgacha talim tashkiloti binosida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari va muassasani foydalanishga tayyorlash jarayoni ko‘zdan kechirildi, qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan meyor va talablar asosida, sifatli va puxta amalga oshirish, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifatiga alohida e’tibor qaratish, hududni obodonlashtirish va zarur infratuzilmani tartibga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Saylov okrugida aholi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirish, bunyodkorlik ishlarining sifatli amalga oshirilishini taminlash va mavjud masalalarni joyida o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2