Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Yoshlar uchun xorijiy tillarni o‘rganishga yangi imkoniyat

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Raxmonov tomonidan Kuyovboshi mahallasida bo‘sh turgan binodan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilayotgan xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv markazi faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari ko‘rib chiqilib, binodan samarali foydalanish, ta’lim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Mazkur loyihani amalga oshirish orqali, avvalo, mahalladagi yoshlarning xorijiy tillarni zamonaviy va qulay sharoitlarda o‘rganishi, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishi hamda kelgusida ta’lim va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish uchun qo‘shimcha sharoit yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 1