Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

O‘rganish jarayoni shahar Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kunlik ish rejasining 5-bandi asosida amalga oshirildi.
Unda mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔼Jarayon davomida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va zarur ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash borasida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🗓Shuningdek, kambag‘allik reyestriga kira olmayotgan, amalda kasalligi sababli moddiy va ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. O‘rganish davomida ayrim fuqarolarga yordam ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan tashkiliy va amaliy to‘siqlar qayd etildi.

🌎Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida, xususan, fuqarolarning kasallik toifasi va ijtimoiy holatidan kelib chiqib, ularga manzilli yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan bir qator takliflar bildirildi.

🔗O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda amalda yordamga muhtoj fuqarolarni zarur ko‘mak bilan qamrab olish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1