Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
📌 83-SON OILAVIY POLIKLINIKASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-“G‘o‘rin–Hakimobod” saylov okrugi deputati Y.Shoymanov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 83-son oilaviy poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda savolnoma asosida tashkil etildi.

🔹 Jumladan, tibbiyot muassasasida korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar shaffofligini ta’minlash va noqonuniy to‘lovlarning oldini olish bo‘yicha qanday tizimli choralar ko‘rilayotgani o‘rganildi.

🔹 Shuningdek, aholining profilaktik tibbiy ko‘riklar bilan qamrov darajasi ham tahlil qilindi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar shakllantirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5