Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Zevar" mahallasida "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi hamda Ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida 162 ta Qonunlar ijrosini ta’minlash, xotin-qizlar va ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mahalla darajasida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 10-Xo'jayipok saylov okrugidan saylangan deputat M.Omonullayevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Zevar" MFYda bo‘lib, Ijtimoiy xodimning ish faoliyatini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandi.

Monitoring O‘zbekiston Respublikasining “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari va sohaviy savolnomalar asosida olib borildi.

Tashrif davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga manzilli ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan o‘zaro hamkorlik holati atroflicha tahlil qilinib, soha mas’uliga tegishli ko‘rsatma va amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2