Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
#Aholi bandligi masalalari o‘rganildi

#Aholi bandligi masalalari o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi M.Umarovalar tomonidan O‘rta Chirchiq tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

📝 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga muvofiq, hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.

📊 2026-yil yanvar–avgust oylarida O‘rta Chirchiq tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida:
🔹 442 ta oila kambag‘allikdan chiqarish rejasiga kiritilib, 1 701 nafar aholi qamrab olindi;
🔹 1 917 ta xizmat ko‘rsatildi;
🔹 510 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi;
🔹 192 nafar fuqaro imtiyozli kredit bilan ta’minlandi;
🔹 28 nafar fuqaro subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlandi;
🔹 1 070 nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb qilindi;
🔹 117 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi.

🖋 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🎯 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, aholi daromadlarini oshirish va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3