Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
#_munosabat

Fuqarolar murojaati — e’tibor va mas’uliyat mezoni

⚡️Aholi murojaatlari bilan ishlash davlat organlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Chunki har bir murojaat ortida insonning muammosi, huquqi va qonuniy manfaati turibdi.
⚡️2026 yil yanvar–avgust oylarida murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan 5486 ta ta’sir chorasi hujjati kiritilgani, 151 nafar davlat xodimi lavozimidan ozod etilgani, 833 nafariga hayfsan berilgani tizimda mas’uliyat va talabchanlik kuchayganini ko‘rsatadi.
⚡️Deputat sifatida bu choralarni, avvalo, fuqarolarning murojaatlarini qog‘ozda emas, amalda hal etish, har bir insonning dardiga e’tibor bilan yondashish va davlat xizmatchilarining shaxsiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan muhim qadam, deb hisoblayman.
⚡️Eng muhimi, murojaatlar soni emas, ularning o‘z vaqtida, qonuniy va adolatli hal etilishi natijadorlikning asosiy mezoni bo‘lishi lozim. Har bir mansabdor shaxs xalq bilan ishlashni o‘zining bevosita mas’uliyati deb bilishi kerak.

👉Nodir Murodov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,