Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
#uchrashuv #muammolar_yechimi #ijro

Aholining kommunal sohadagi dolzarb muammolarini bartaraf etish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish hamda fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida muhim muloqot va uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Soʻnggi vaqtlarda Xalq deputatlarining saylovchilar bilan oʻtkazgan uchrashuvlarida fuqarolar tomonidan ayniqsa, sovuq kunlar yaqinlashgani sari ichimlik suvi, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan murojaatlar soni keskin ortgani kuzatildi.
Ushbu holatni atroflicha oʻrganish, mavsumiy uzilishlarning oldini olish hamda mavjud kamchiliklarni tezkor hal etish maqsadida kommunal soha masʼullari ishtirokida maxsus uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari shahar Kengashi Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova, shahardagi Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) va kommunal tashkilotlar rahbarlari qatnashdilar.
Uchrashuv davomida Sevar Qodirova kuz-qish mavsumida aholi muammolari bilan ishlashda masʼuliyatni oshirish zarurligini alohida taʼkidladi:
"Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida har bir hududdagi muammoni sifatli va puxta hal etish lozim. Yuzaki yondashuv sababli bir joydagi nosozlikka qayta-qayta toʻqnash kelish holatlariga barham berish shart. Har bir taʼmirlash va tayyorgarlik ishida avvalo sifat va uzoq muddatli barqarorlik asosiy mezon boʻlishi kerak."
🔸Qishki yuklamalarga chidamli boʻlishi uchun tarmoqlarni va transformatorlarni taʼmirlash, qisqa tutashuvlar hamda bosim pasayishlarining oldini olish boʻyicha tezkor reja belgilandi.
🔸Quvurlardagi uzilish xavfi bor hududlar aniqlanib, taʼmirlash ishlariga yoʻnaltirildi.
🔸Koʻp qavatli uylarning tom, yertoʻla hamda muhandislik komunikatsiya tizimlarini kuz-qish mavsumiga shay holatga keltirish muddatlari ko'rib chiqildi.

📌Bildirilgan har bir murojaat va muammoli nuqta masʼul idoralar hamda Kengash deputatlari tomonidan doimiy nazoratga olindi.
Kuz-qish mavsumini talafotsiz  oʻtkazish hamda aholi farovonligini taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar jadal davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4