Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Marg‘ilon shahar 2-sonli nurli maskan ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rganildi

Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar uchun ta’lim imkoniyatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar muntazam o‘rganib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Marg‘ilon shahar 1-Uvaysiy saylov okrugi, “Uvaysiy” mahallasida joylashgan, deputatga biriktirilgan Oʻzbekuston Respublikasi Prezidentini huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Marg‘ilon shahar 2-sonli nurli maskan ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazildi. O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Sh.Madaminova, Kengash kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdi.

Maktab binosi 1972-yilda qurilgan bo‘lib, 2022-yilda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi sifatida qayta tashkil etilgan. Bugungi kunda ta’lim muassasasida 61 nafar o‘qituvchi va xodim mehnat qilmoqda.

Maktabda 9 ta sinf faoliyat yuritib, ularda jami 76 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. O‘quvchilarga ta’lim berish bilan bir qatorda ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusida munosib ta’lim yo‘lini davom ettirishiga zarur sharoitlar yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning keyingi ta’lim bosqichiga o‘tishi bo‘yicha erishilgan natijalarga ham e’tibor qaratildi. Xususan, 2025–2026-o‘quv yilida maktabni 11 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lib, ularning 2 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgani qayd etildi.

O‘rganish jarayonida maktabning kadrlar bo‘limi boshlig‘i B. Usmonova bilan suhbat o‘tkazilib, muassasada faoliyat yuritayotgan xodimlar, ta’lim jarayonini tashkil etish hamda mavjud ehtiyojlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Mazkur ta’lim muassasasining faoliyatini o‘rganish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning sifatli ta’lim olishi, ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar holatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida ta’lim muassasasining mavjud ehtiyojlari, o‘quvchilar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi. Mazkur masalalar deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 9