Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Yangi Hayot mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_okrugdagi_o'rganish
Yangi Hayot mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumanida Kengashiga 6-Yangihayot saylov okrugidan saylangan deputat A.Safarov okrugiga qarashli Yangihayot mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov Yangi Hayot mahallasida mahalla yettiligi va mas’ullar ishtirokida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, aholini ommaviy sport tadbirlariga jalb etish hamda daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Tashrif davomida Kambag‘allik reyestridagi oilalarning ijtimoiy ahvoli, bandligi va daromadlarini oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi. To‘xtayeva Sarvinoz va Hamidova Taxminaning xonadonlarida bo‘lib, ularni bandlikka yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mas’ullarga oilalar bilan xonadonbay ishlash, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3