Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri tomonidan o'rganish o'tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
Ijtimoiy reyestrdagi fuqaroning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida Toshpo‘lat O‘rozboyev ko‘chasi 30-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Omonovaning holidan xabar olindi.

Tashrif davomida fuqaroning turmush o‘rtog‘i bilan suhbat o‘tkazilib, oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy holati, oilaviy sharoiti hamda mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Muloqot jarayonida oilada mavjud muammolar va ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, oilaning ijtimoiy holatini yaxshilash, zarur ko‘mak choralarini belgilash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olish, muammolarini bevosita joyida o‘rganish va oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3