Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri tomonidan o'rganish o'tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
Saylovchining murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida mahalla fuqarosi Jabborov Abdusalim plastik bank kartasidan noma’lum shaxs tomonidan mablag‘ yechib olingani yuzasidan maslahat so‘rab murojaat qildi.

️Mazkur murojaat yuzasidan mahalla profilaktika inspektori O.Dehqonov tomonidan fuqaroga tegishli tartibda tushuntirish va maslahatlar berildi. Murojaatni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, zarur hollarda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Deputat tomonidan fuqaroning murojaati e’tiborga olinib, masalani tegishli tartibda hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Mazkur o'rganish ishlarini olib borishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda “Madad” NNT vakili M.Toshboltayevalar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3