Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
ATMOSFERA HAVOSINI EKOLOGIK MONITORING QILISH

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti Kengashining shahar va tuman partiya tashkilotlari raislarining mahalliy Kengash deputatlari bilan birgalikda ekologik masalalarni o‘rganish grafigi asosida Taxiatosh tumanida ekologik monitoring tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida avtotransport vositalaridan chiqarilayotgan chiqindi gazlarning atmosfera havosiga ta’siri, shuningdek, avtomobillarning texnik holati va texnik ko‘rikdan o‘tkazilishining atrof-muhitga ta’siri o‘rganildi.

Monitoring jarayonida transport vositalaridan chiqayotgan zararli chiqindilarni kamaytirish, atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya tashkiloti raisi T.Kungradbaev, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich, tuman partiya kengashi sekretariyati xodimlari hamda ekologiya sohasi xodimi ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda avtotransport vositalaridan chiqariladigan zararli chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari belgilab olindi.

Slide 1 of 4