Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Huquqiy ma'lumot

#162_ta_qonun

📖 O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi №265-I Qonuni


Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatdan foydalanish kafolatlarini ta’minlash hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi muhim huquqiy hujjatlardan biridir.

Mazkur Qonunning asosiy maqsadi – fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, tibbiy yordam sifatini oshirish, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda aholining hayot sifatini yaxshilashdan iborat.

🔹 Qonunga muvofiq:

Har bir fuqaro malakali va o‘z vaqtida tibbiy yordam olish huquqiga ega;

Davlat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish va aholining salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshiradi;

Kasalliklarning oldini olish, profilaktika tadbirlarini tashkil etish, emlash ishlari hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish sog‘liqni saqlash tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi;

Onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni tibbiy qo‘llab-quvvatlash davlat tomonidan kafolatlanadi;

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari faoliyat yuritishi hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash – nafaqat davlat organlari va tibbiyot xodimlarining, balki har bir fuqaroning ham mas’uliyatli burchidir. Sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, profilaktik tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tish hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish sog‘lom jamiyatni shakllantirishning muhim omillaridir.

Kengash deputatlari tomonidan fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1