35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun barpo etilayotgan fitness klub qurilishi ishlari o'rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirishda deputatlik va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
янв.21
Yambaroq mahallasida joylashgan 5-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
55-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan 2026-yilgi “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi natijalari to‘g‘risida”gi masala doirasida Tinchlik mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
Obod mahallasida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasidagi loyiha o‘rganildi.
“MEHR VA SAXOVAT” — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida “Mehr va saxovat” oyligi doirasida mahallalarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan xabar olish hamda ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

📝 Shu doirada Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva boshchiligida Yashnobod tumanidagi “Uysozlar” mahallasida uyma-uy o‘rganish ishlari olib borildi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Muzaffar Yusubov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yashnobod tuman partiya tashkiloti raisi Dildora Mavlyanova, Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, tuman Kengashi deputati Ibrohim Rasulov hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

🔺 O‘rganish davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, ijtimoiy ehtiyojlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi. Bu jarayon Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar, xususan, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, boshqaruv kompaniyalari faoliyati va kuz-qish mavsumida isitish tizimining holatini o‘rganish vazifalari bilan uyg‘un holda olib borildi.

♨️ Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan birining xonadoniga tashrif davomida fuqaro qish mavsumida isitish tizimi bilan bog‘liq muammo mavjudligini bildirdi. Deputat Sevara Fayziyeva mazkur murojaatni joyida o‘rganib, hududga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi rahbari bilan bog‘landi hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilindi.

⚙️ Natijada xonadondagi isitish tizimini yangilash uchun zarur sharoit yaratilib, BSK vakillari tomonidan tizimni o‘rnatib berish masalasi hal etildi. Shu tariqa fuqaroning kuz-qish mavsumini munosib sharoitda o‘tkazishi uchun zarur amaliy choralar belgilandi.

💬 Shuningdek, uyma-uy muloqotlar davomida fuqarolarning boshqa murojaat va takliflari ham tinglanib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Ko‘tarilgan masalalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🌱 Sevara Fayziyeva mahallalarda olib borilayotgan bunday manzilli o‘rganishlarning asosiy maqsadi fuqarolarning murojaatlarini bevosita yashash joyida eshitish, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj oilalarning ehtiyojlarini aniqlash hamda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy yechim topishdan iborat ekanini ta’kidladi.

💡 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash bilan birga, aholi muammolarini manzilli hal etishda deputatlik va jamoatchilik nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1