Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati J.Yeshniyazova tomonidan tuman xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3