35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun barpo etilayotgan fitness klub qurilishi ishlari o'rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirishda deputatlik va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
янв.21
Yambaroq mahallasida joylashgan 5-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
55-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan 2026-yilgi “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi natijalari to‘g‘risida”gi masala doirasida Tinchlik mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
Obod mahallasida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasidagi loyiha o‘rganildi.
47-SONLI MAKTABDA QURILISh IShLARI OLIB BORILMOQDA

47-SONLI MAKTABDA QURILISh IShLARI OLIB BORILMOQDA

🏫 Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026 yil 1 apreldagi VII-22-30-8-110-K/26-sonli qaroriga muvofiq, «Openbudget.uz» rasmiy veb-sayti orqali o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida 4 927 ta ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan «47-maktabga qo‘shimcha qurilish qilish ishlari» loyihasi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

💰 Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi hisobidan 1 mlrd 600 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

🔎 Bugun xalq deputatlari viloyat Kengashi bosh mutaxassisi E. Isoqov, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ob’ektning belgilangan talablar asosida barpo etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Fuqarolar tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha va qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4