Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak” MFY hokim yordamchisi X.Zokirovning O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida A.Yassaviy ko‘chasi, 1-A-uy, 29-xonadonda yashovchi II guruh nogironi Shermatova Zilolaxonning murojaati ham ko‘rib chiqildi.
Fuqaroning murojaati asosida unga 10 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishi bo‘yicha tavsiyanoma berildi. Shuningdek, Shermatova Zilolaxonning doimiy ish bilan ta’minlanishi masalasi ham o‘rganib chiqildi.
Shu bilan birga, fuqaroning ijtimoiy holati deputat F.Qaxxarova hamda mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaroning ijtimoiy holatini yaxshilash, uni qo‘llab-quvvatlash va belgilangan tartibda Kambag‘allik reyestridan chiqarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Mazkur ishlar orqali fuqaroni qo‘llab-quvvatlash, uning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi