Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
Kengash_faoliyati

⚖️ Korrupsiyasiz hudud sari: Bandixon tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

✅Bandixon tumani | Tuman Kengashi va Hududiy komissiya

✅Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, korrupsion omillarni barvaqt aniqlash va ularning sabablarini bartaraf etish mahalliy Kengash deputatlari hamda jamoatchilikning doimiy e’tibor markazidadir.

✅Bandixon tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish tuman komissiyasining navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✅Tadbirda tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi a’zolari, Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

✅KUN TARTIBIDAGI DOLZARB MASALALAR VA SOHALAR HISOBOТI:

✅Yig‘ilishda 2026-yil uchun tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi, korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilini qisqartirish borasidagi choralar atroflicha muhokama qilindi.

✅Kun tartibiga muvofiq, quyidagi muhim va mas’uliyatli soha rahbarlarining hisobotlari tinglandi va tanqidiy ko‘rib chiqildi:

🔹 Tuman Soliq inspeksiyasi: Soliq tushumlari, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar va davlat xizmatlaridagi shaffoflik hamda korrupsion xavflarning oldini olish;

🔹 Tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi (TTB): Tibbiyot muassasalarida bepul va imtiyozli dori-darmonlar tarqatilishida, kadrlar tanlovida ochiqlik va bemorlarga xizmat ko‘rsatishdagi noqonuniy holatlarning oldini olish.

✅TANQIDIY TAHLIL VA ASOSIY MAQSAD:

✅Yig‘ilish davomida shunchaki qog‘ozdagi hisobotlar emas, balki sohalarda mavjud bo‘lgan haqiqiy holat, kelib tushayotgan fuqarolar murojaatlari hamda "qizil" va "sariq" toifadagi xavflar tahlil qilindi.

✅Asosiy maqsad:

✅Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini tanqidiy ko‘rib chiqish, mavjud tizimli muammolarni aniqlash, sohalarda shaffoflikni oshirish hamda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni ildizi bilan bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini belgilashdir.

Slide 1 of 7