35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun barpo etilayotgan fitness klub qurilishi ishlari o'rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirishda deputatlik va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
янв.21
Yambaroq mahallasida joylashgan 5-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
“Kelajak markazi” faoliyati o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #Talim #ekspert_guruhlari

“Kelajak markazi” faoliyati o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "8-Ko'kcha-Oqtepa" okrugi deputati Imamov Sabitjon Xudaynazarovich tashabbusi bilan Uchtepa tumani Ko‘kcha Oqtepa mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Kelajak markazi”ning bugungi faoliyati, yoshlar va bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.

🧠 Mazkur markaz yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashish maqsadida faoliyat yuritmoqda.

📚 Markazda 20 dan ortiq turli yo‘nalishdagi to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda bolalar va yoshlar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib muntazam shug‘ullanish imkoniyatiga ega.

To‘garaklar faoliyati davomida yoshlarning:

🎨 ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
💻 zamonaviy texnologiyalar va raqamli ko‘nikmalarni egallash;
🌐 xorijiy tillarni o‘rganish;
🧠 intellektual salohiyatini oshirish;
🎭 san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini kengaytirish;
⚽️ sport va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishini kuchaytirish;
⚙️ amaliy va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan.

🕯 O‘rganish davomida markazdagi mavjud moddiy-texnik baza, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar, to‘garaklarning qatnashuv darajasi, mashg‘ulotlar mazmuni hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

📈 Shuningdek, markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, to‘garaklar qamrovini kengaytirish, yoshlarning talab va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Ekspert guruhi a’zolari hamda “Kelajak markazi” rahbariyati ishtirok etdilar.

↗️ Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — ularning kelajagiga yo‘naltirilgan muhim sarmoyadir. “Kelajak markazi” kabi maskanlar yoshlarning o‘z iste’dodini namoyon etishi, yangi bilimlarni egallashi va kelajakdagi kasbiy yo‘lini to‘g‘ri tanlashida muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 5