35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan ishchi guruh o'rganishlari boshlandi
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Avval mahalla fuqarolar yig'inida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun barpo etilayotgan fitness klub qurilishi ishlari o'rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirishda deputatlik va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
янв.21
Yambaroq mahallasida joylashgan 5-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
55-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan 2026-yilgi “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi natijalari to‘g‘risida”gi masala doirasida Tinchlik mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
Obod mahallasida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasidagi loyiha o‘rganildi.
Ijtimoiy masalalar doimiy komissiyada muhokama qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi, deputat Artikov Davron Omarbayevich raislik qildi. Unda komissiya a’zolari hamda mas’ul tashkilot vakili ishtirok etdi.

📌 Kun tartibidagi asosiy masala — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli **“O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”**gi qarori ijrosi yuzasidan Taxiatosh tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yildagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🔎 Muhokama davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

📍 Kun tartibidagi masala yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglanib, tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2